Amirbek Bakaev “Olimpik”ga o‘tdi — klubni qiyin holatdan qutqarishga harakat qiladi
Belarus chempionatida o‘zini ko‘rsata olgan hujumchi endilikda Pro Liga klubi safida to‘p suradi
Rasm: Telegram
O‘zbekistonlik futbolchi Amirbek Bakaev faoliyatini Pro Ligadagi “Olimpik” jamoasida davom ettiradi. Aslida u “Buxoro” safida otasi qo‘l ostida to‘p suradi, deb kutilgandi. Biroq qaror unga doimiy o‘yin amaliyoti kerakligidan dalolat bermoqda.
Bakaevning yangi jamoasi murakkab vaziyatda — “Olimpik” chempionatda quyi pog‘onalarda bormoqda va chiqib ketish yoki butunlay tarqalib ketish xavfi ostidadir.
Amirbek Bakaev — Belarus Oliy ligasida 40 dan ziyod o‘yinda maydonga tushgan tajribali futbolchi. U “Energetik-BGU” jamoasida to‘p surib, jamoaning eng yaxshi to‘purari va qimmatli futbolchisiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, u 2022 yilda aynan “Energetik” safida Abduqodir Husonov va Bobur Abdixoliqov bilan birga to‘p surgan.
Bakradze Iman
Redaktor