locale OZ

Alvaro Morata \"Komо\"ga o'tadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvaro Morata "Komо"ga o'tadi
Photo: Getty Images

“Milan” hujumchisi Alvaro Morata “Komо” safiga borib qo'shiladi.

Insayder Fabrizio Romano xabar qilishicha, 32 yoshli futbolchi Sesk Fabregas boshqaruvidagi klub bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

“Komо” va “Milan” Morataning transferi bo'yicha kelishib oldi. Endi ular “Galatasaroy” bilan ham bir to'xtamga kelishi kerak. Chunki Alvaroning turk klubidagi ijarasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.

ispaniyalik hujumchi “Milan”ga 2024 yil iyul oyida o'tgandi, ammo olti oydan so'ng ijara asosida “Galatasaroy”ga borib qo'shildi va u yerda Superliga g'olibligini qo'lga kiritdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting