Alvaro Karreras «Real»ning «Man Siti»ga qarshi oʻyinini oʻtkazib yuboradi
Madridning «Real» klubi himoyachisi Alvaro Karreras UEFA Chempionlar Ligasining 1/16 final bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Bugun, 9 mart kuni o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchida o‘ng oyoq boldir mushagining shikastlanishi aniqlangan. Karrerasning maydonga qaytish muddatlari hozircha noma’lum, biroq klub tibbiyot xodimlari unga yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushishni qat’iy taqiqlashgan.
Joriy mavsumda Karreras «Real» safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ayni damda madridliklar tarkibida kadrlar bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgan. Kilian Mbappe, Rodrigo, Eduardo Kamavinga, Alvaro Karreras va Jud Bellingem kabi asosiy tarkib futbolchilari «Manchester Siti» bilan bahslarda maydonga tusha olmaslik xavfi ostida qolmoqda.