locale OZ

Alvaro Karreras «Chelsi»ga oʻtishi mumkin

Avvalroq Kukurelya «Real»ga oʻtgandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Alvaro Karreras «Chelsi»ga oʻtishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Alvaro Karreras Mark Kukurelyaning transferidan soʻng «Chelsi»ga koʻchib oʻtishi mumkin. AS nashrining xabar berishicha, Karreras hozircha «Real»ning unga nisbatan qanday rejalari borligini bilmaydi, biroq klub u daxlsiz futbolchi emasligini aniq tushuntirib qoʻygan.

Xabar qilinishicha, Karreras «Chelsi»ning yangi murabbiyi Xabi Alonso bilan yaxshi tanish. Shuningdek, ispan futbolchisida ingliz futboliga moslashish borasida muammolar yuzaga kelmaydi, chunki u muqaddam «Manchester Yunayted»ning U23 jamoasida oʻynash tajribasiga ega.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, «Real»dagi barqaror boʻlmagan birinchi yil Karrerasni qiyin ahvolga solib qoʻygan. Shu sababli, «Real» bundan 11 oy avval himoyachi uchun sarflangan 50 million yevroning bir qismini qaytarib olishga umid qilayotgan boʻlishi mumkin.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting