locale OZ

Alvaro Arbeloa Vinisius Juniorning kelajagi haqida gapirdi: «Umid qilamanki, u Madridda qoladi»

Braziliyalik futbolchining «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvaro Arbeloa Vinisius Juniorning kelajagi haqida gapirdi: «Umid qilamanki, u Madridda qoladi»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa hujumchisi Vinisius Juniorning shartnomasini uzaytirish borasidagi savolga javob berdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

«Vinisius bilan shartnomani uzaytirish? Umid qilamanki, u «Real»da qoladi, buni juda istayman. Muxlislar uni chin dildan yaxshi ko‘rishadi», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda Romano.

Braziliyalik hujumchi va klub o‘rtasidagi amaldagi kelashuv 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior joriy mavsumda klub miqyosida barcha turnirlar doirasida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting