locale OZ

Alvaro Arbeloa jamoadoshi bilan mushtlashgan Tchuamenining taqdiri haqida gapirdi

«Real» ertaga «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvaro Arbeloa jamoadoshi bilan mushtlashgan Tchuamenining taqdiri haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 35-turi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan yarim himoyachi Aurelian Tchuamenining tarkibga kiritilishi haqidagi savolga javob berdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

«Ertaga Tchuameni jamoa qaydnomasida bo‘ladi», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.

Ma’lumot uchun, 7 may, payshanba kuni mashg‘ulotlar vaqtida yarimhimoyachilar Federiko Valverde va Aurelian Tchuameni o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqani va u kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgani ma’lum bo‘lgan edi. To‘qnashuv natijasida urugvaylik futbolchining boshi yorilgan va u shifoxonaga yetkazilgan. Mazkur tartibbuzarlik uchun har ikki futbolchiga 500 ming yevro miqdorida jarima solindi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting