locale OZ

Alvaro Arbeloa «El-Klasiko»da Mbappeni asosiy tarkibda tushirmaslikka qaror qildi

Fransiyalik futbolchi hozirda jarohatidan tiklanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvaro Arbeloa «El-Klasiko»da Mbappeni asosiy tarkibda tushirmaslikka qaror qildi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing «Barselona»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvida hujumchi Kilian Mbappeni asosiy tarkibga kiritmaslikka qaror qildi. Mazkur bahs 10 may kuni kataloniyaliklarning uy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Cadena Ser nashri xabariga ko‘ra, Arbeloa hatto Kilian o‘yinga qadar jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan taqdirda ham, uni baribir asosiy tarkibda maydonga tushirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe La Liganing 32-turidan o‘rin olgan «Betis»ga qarshi bahsda chap oyog‘idan jarohat olgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u tiklanish jarayoni davomida Fransiya va Italiya bo‘ylab sayohat qilgan. Shu sababli, Mbappe muxlislar tomonidan keskin tanqidlarga uchradi.

Shunga qaramay, joriy mavsumda fransiyalik hujumchi jarohatlar va maydon tashqarisidagi mojarolarga qaramasdan, barcha turnirlar doirasidagi 41 ta o‘yinda 41 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting