Alvaro Arbeloa «El Klasiko» oldidan: «Butun dunyo eʼtiboridagi ushbu bahsni intizorlik bilan kutyapmiz»
«Real» bosh murabbiyi «Barselona»ga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida yakshanba, 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Barselona»ga qarshi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘zini har tomonlama a’lo darajada ko‘rsatayotgan kuchli raqibga qarshi ajoyib o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdaman. Butun dunyo e’tiborida bo‘ladigan ushbu bahsni intizorlik bilan kutyapmiz. Mazkur o‘yinga faqat g‘alaba qozonish ambitsiyasi bilan yo‘l olamiz», — dedi Arbeloa.
Uchrashuv Barselonadagi «Spotifay Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahsni bosh hakam Alexandro Ernandes Ernandes boshqarib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist