Alvaro Arbeloa: «Atletiko» va «Barselona» o‘yini meni zarracha qiziqtirmaydi»
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya La Ligasining 30-turidan o‘rin olgan «Atletiko» hamda «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan o‘z fikrini bildirdi. Mazkur bahs Madriddagi «Sivitas Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi va o‘yinni palmalik hakam Mateo Buskets Ferrer boshqarib boradi.
«Bugun «Atletiko» raqib bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatadimi? Bu meni zarracha tashvishga solmaydi. Men faqat o‘z jamoam va seshanba kungi uchrashuv haqida qayg‘uraman. O‘z jamoamga aloqador bo‘lmagan narsalarga vaqtimni sarflab o‘tirmayman», — dedi Arbeloa.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining 29 turidan so‘ng «Barselona» 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» esa 57 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Arbeloa boshqaruvidagi «Real» esa 69 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.