Alvaresning “Barselona”ga o‘tish ehtimoli baholandi - Romero
“Barselona”ning “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvaresni transfer qilish imkoniyati juda past. Taniqli jurnalist Jerar Romero argentinalik futbolchining Kataloniya klubiga o‘tish ehtimolini atigi 0,5 foiz deb baholadi.
“Menimcha, Alvaresni sotib olish juda va juda qiyin bo‘ladi. Uning transfer ehtimolini 0,5 foiz deb baholagan bo‘lardim”, — dedi Romero. Bunga asosiy sabab “Atletiko”ning hujumchini La Ligadagi bevosita raqibiga sotishni istamayotgani hisoblanadi.
Alvaresning o‘zi esa faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Shunga qaramay, Madrid klubi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmayapti va argentinalik futbolchini kataloniyaliklarga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, Alvaresning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Hujumchiga “Arsenal” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining asosiy istagi “Barselona”ga o‘tish ekani aytilmoqda.