Alvares yozda «Atletiko»ni tark etishi mumkin
“Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares allaqachon shu yozda klubini almashtirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik forvardning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qilsa-da, u hozircha madridliklar rahbariyati bilan yangi bitim borasida aniq muzokaralar olib bormayapti.
Alvaresga “PSJ”, “Barselona” hamda Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, jiddiy takliflar tushgan taqdirda "Atletiko" uchun futbolchini jamoadа saqlab qolish oson bo‘lmasligi ta’kidlanmoqda.
Alvares Madrid klubiga 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan o‘tgan edi. Joriy mavsumda u 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.