Alvares: «Real»ga qarshi sovuqqonlik bilan harakat qildik»
Xulian Madrid derbisidagi g‘alabaga o‘z munosabatini bildirdi.
ФОТО: Getty images
“Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares derbida “Real” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (5:2) jamoaning kuchli tomonlarini ta’kidladi.
"Tanaffusda murabbiy bizga hujumda davom etishimizni aytdi. Shundan kelib chiqib, imkoniyatlar yaratdik va ulardan samarali foydalana oldik.
Biz La Ligada boshqalardan ko‘ra ko‘proq golli vaziyatlar yaratamiz va bu sohada Yevropaning eng yaxshilari qatoridamiz.
Bu safar sovuqqonlik bilan harakat qildik – bu katta farq", — dedi Alvares.
Eslatib o‘tamiz, “matraschilar” Madrid derbisida g‘alaba qozonib, “qirollik” klubining mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist