locale OZ

Alvares qishda «Atletiko»ni tark etmoqchi

Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares qishda «Atletiko»ni tark etmoqchi
ФОТО: Getty images

“Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares qishda jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi faoliyatini “PSJ”da davom ettirishni istamoqda. Shu sabab “matraschilar” bilan xayrlashmoqchi.

Qayd etilishicha, argentinalik hujumchi 2024 yil yozida parijliklar tomonidan bo‘lgan taklifni rad etib, “Atletiko” bilan shartnoma imzolagan.

Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.

Shuningdek, unga “Barselona” jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar ham Alvaresni sotib olishga tayyor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting