locale OZ

Alvares: «Men Messini shu yerda urgan golini bir necha bor qayta ko‘rganman»

«Atletiko» hujumchisi «Barselona» darvozasiga urgan goli haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares: «Men Messini shu yerda urgan golini bir necha bor qayta ko‘rganman»
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:0) jarima zarbasidan urgan goli haqida gapirib berdi.

«Men Messining shu yerda [«Kamp Nou»da] «Liverpul» darvozasiga [2019 yil may oyida] urgan golini bir necha bor qayta ko‘rganman. To‘p aynan o‘sha burchakka uchib kirishiga oxirigacha amin emasdim. Biroq to‘pga zarba bergan lahzangdayoq buni his qilasan, hatto zarbagacha ham menda qandaydir ishonch bor edi», — deya Alvaresning so‘zlarini keltirmoqda ESPN.

Ma’lumot uchun, Xulian Alvares Chempionlar Ligasining joriy mavsumida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting