Alvares Martinez bilan terma jamoadagi raqobati haqida gapirdi
Xulian va Lautaro terma jamoa bilan JChga yo'l oladi.
ФОТО: Getty images
Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares Italiyaning “Inter” klubi forvardi Lautaro Martinez bilan raqobat haqida fikr bildirdi.
“Biz raqobatchimiz, lekin birga o‘ynashdan ham zavq olamiz. Har safar maydonga birga tushganimizda, yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz va maydonga faqat bir kishi tushganida esa, eng muhimi, hammamiz jamoa uchun eng yaxshisini xohlaymiz.
Bu ichki raqobat ikkalamizga ham har kuni rivojlanish va takomillashishga yordam beradi. Har doim shunday bo‘ladi. Kuchli va sog‘lom raqobat bo‘lganda, hamma yaxshilanadi va bu asosiy jihatdir”, — deya Alvaresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist