Alvares «Barselona»ning qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares “Barselona” tomonidan unga boʻlayotgan taxminiy qiziqish haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Mish-mishlarga unchalik e’tibor bermaslikka harakat qilaman, chunki har hafta yangi bir narsa, har qanday ma’lumot paydo boʻladi. Bunga energiya sarflamayman va oʻzimni “Atletiko”dagi ishimga bagʻishlayman”, — deya Alvaresning soʻzlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano oʻzining X ijtimoiy tarmogʻida.
Joriy mavsumda Alvares klub safida barcha musobaqalarda 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Atletiko” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga koʻra, forvardning transfer bahosi 90 million yevroni tashkil qiladi.