locale OZ

Alvares «Barselona»ga o‘tish uchun bosim o‘tkazmoqchi emas, vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

«Atletiko» argentinalik futbolchining jamoada qolishiga ishonmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares «Barselona»ga o‘tish uchun bosim o‘tkazmoqchi emas, vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qoldi
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «ko‘k-anorranglilar» safida to‘p surishni istayotgan bo‘lsa-da, «Barselona»ga transfer qilinishini talab qilib, jamoasiga bosim o‘tkazmoqchi emas. Ayni damda 2022 yilgi Jahon chempionining Kataloniya klubiga o‘tishi bilan bog‘liq vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar bermoqda.

Manbaning keltirishicha, «Atletiko» rahbariyati Alvaresning kelgusi mavsumda jamoada qolishiga shu qadar ishonmoqdaki, hatto yangi mavsum tarkibini aynan uning hujumdagi o‘yinidan kelib chiqib shakllantirishni boshlagan.

Hozirgi vaqtda forvard uchun yagona real variant «Arsenal»ga o‘tish bo‘lib turibdi, biroq argentinalik futbolchi bu taklifni ko‘rib chiqmayapti. Agar u Madrid jamoasini tark etadigan bo‘lsa, faqatgina «Barselona»da o‘ynashni istaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting