locale OZ

Alvares «Barselona» tomonidan boʻlayotgan qiziqishlarga javob berdi

Argentinalik futbolchining «Atletiko» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares «Barselona» tomonidan boʻlayotgan qiziqishlarga javob berdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares o‘ziga nisbatan «Barselona» tomonidan bildirilayotgan taxminiy qiziqishlar haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Mish-mishlarga unchalik e’tibor bermaslikka harakat qilaman, chunki har hafta yangi nimalardir, qandaydir ma’lumotlar paydo bo‘laveradi. Bor energiyamni bunga sarflamayman va o‘zimni butunlay «Atletiko»dagi faoliyatimga bag‘ishlayman», — dedi Alvares.

Joriy mavsumda Alvares klub safida barcha turnirlar doirasida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, forvardning transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting