locale OZ

Alvares «Atletiko»ni tark etishga tayyor

Transfermarkt portali Alvaresning bozor qiymatini 100 million yevro deb baholaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares «Atletiko»ni tark etishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi "Atletiko"da kelajagi noaniq bo'lgan o'yinchilar qatoriga kiradi.

Shu o'rinda unga bir qator top-klublar forvardga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Xulian Alvares 2024 yil yozida 75 million yevro evaziga "Manchester Siti"dan "Atletiko"ga o'tgan. Uning "matraschilar" bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi madridliklar safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali Alvaresning bozor qiymatini 100 million yevro deb baholaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting