locale OZ

Alvares «Atletiko»ni tark etish istagini ommaga ma’lum qildi

Futbolchi orzusidagi jamoaga o‘tishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares «Atletiko»ni tark etish istagini ommaga ma’lum qildi
ФОТО: Getty images

«Atletiko» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares yozgi transferlar oynasida klubini almashtirish istagini bildirdi.

«Men orzuimni amalga oshirmoqchiman. Men klubda gaplashishim kerak bo‘lgan odamlar bilan gaplashdim. Mening kelajagim uchun eng yaxshisi — bu transfer», — deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi ESPN Argentina.

27 yoshli forvard o‘tgan mavsumda «Atletiko» safida 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq futbolchiga «Barselona», «Real», «Arsenal» va Yevropaning boshqa klublari tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ayni damda Alvares Argentina terma jamoasi ixtiyorida 2026 yilgi jahon chempionatida bo‘lib turibdi, u yerda jamoa pley-offga chiqdi.

Argentinaliklar navbatdagi o‘yinni 28 iyun kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting