locale OZ

Alvares Artetaning qo‘ng‘irog‘iga javob bermadi

Argentinalik futbolchi Angliyaga qaytishni istamay, faoliyatini “Barselona”da davom ettirish niyatida.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares Artetaning qo‘ng‘irog‘iga javob bermadi
Foto: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares “Arsenal”ga o‘tishga qiziqish bildirmayapti. Argentinalik futbolchi Angliyaga qaytishni istamay, faoliyatini “Barselona”da davom ettirish niyatida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Alvares bilan bog‘lanib, uni London klubiga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilgan. Biroq futbolchi murabbiyning qo‘ng‘irog‘iga javob bermagan. Bu haqda jurnalist Xosep Pedrerol xabar bergan.

Alvaresning asosiy maqsadi “Barselona”ga o‘tish bo‘lib qolmoqda. Kataloniya klubi argentinalik hujumchi uchun 100 million yevro taklif qilgan. “Atletiko” esa futbolchini qo‘yib yuborishga hozircha tayyor emas.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” Alvares uchun taxminan 150 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq hujumchining o‘zi Angliyaga qaytishga qiziqmayapti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting