“Al-Qodisiya” Retegi uchun katta maosh taklif qildi
Photo: Getty Images
“Atalanta“ hujumchisi Mateo Retegi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Football Italia xabariga ko‘ra, “Al-Qodisiya” klubi unga qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar Retegi transferi uchun 60 million yevro taklif qilgan.
Futbolchining o‘zi esa 3 yillik shartnoma imzolashi va yiliga 24 mln yevro atrofida maosh olishi mumkin.
Avvalroq “Arsenal”, "Yuventus", "Napoli", PSJ va "Aston Villa" jamoalari hujumchining xizmatiga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Retegi o‘tgan mavsum A Seriya to‘purari bo‘lgan. U 36 ta uchrashuvda 25 ta gol urishga erishgan edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor