Alonso: «Uch ochko yo'qotdik, ammo oldinda hali ko'plab o'yinlar bor»
"Real" ustozi "Selta"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrini bildirdi.
ФОТО: Getty images
"Real" klubi La Liga 16-turidan o'rin olgan "Selta"ga qarshi bahsda kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'yindan so'ng klub bosh murabbiyi Xabi Alonso o'z fikrlarini bildirdi.
"Natijadan g'azablandik, chunki butunlay boshqa natijaga umid qilgandik. Militaoning jarohati vaziyatni ancha murakkablashtirdi. Bizga ko'plab epizodlarda intensivlik yetishmadi. Bo'lgan voqeani iloji boricha tezroq unutib, oldinga yurish kerak. Bugun biz uch ochko yo'qotdik, ammo oldinda hali ko'plab o'yinlar bor," - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Ma'lumot uchun, "Real" La Liga turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist