locale OZ

Alonso: «Maydonda bir kishi kam bo‘lib qolgani­mizga qaramay, himoyaga yotib olmadik»

"Real" ustozi "Marsel"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso: «Maydonda bir kishi kam bo‘lib qolgani­mizga qaramay, himoyaga yotib olmadik»
ФОТО: Getty images

"Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar ligasi doirasidagi "Marsel"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Real"ning Chempionlar Ligasidagi an’anaviy uy uchrashuvi, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Dastlabki yarim soatni ajoyib o‘tkazdik.

Afsuski, vaziyatlarni yakunlashda samaradorlik yetishmadi. Shunga qaramay, jamoa astoydil ishlashda davom etdi. Ikkinchi bo‘limda temp biroz pasaydi, ammo biz o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni saqlab qoldik.

Qizil kartochka o‘yinga ta’sir qildi. Garchi maydonda kamchilik bo‘lib qolsak-da, himoyaga yotib olmadik. Ko‘proq pressing va to‘pni nazorat qilishga e’tibor qaratdik”, — dedi Alonso matbuot anjumanida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting