Alonso «Liverpul»ga tayinlansa, kimlarni jamoaga olib kelishi maʼlum boʻldi
Hozirda mersisaydliklarni Arne Slot boshqarib kelmoqda.
FOTO: Getty Images
Xabi Alonso «Liverpul» klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin bo‘lgan taqdirda, o‘z talablarini ma’lum qildi. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis mersisaydliklar rahbariyatiga hamkorlik boshlanadigan bo‘lsa, tarkibni jiddiy kuchaytirishga umid qilayotganini bildirgan.
Alonsoning xohishlar ro‘yxatidan «Tottenhem» himoyachisi Mikki van de Ven, «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uorton, shuningdek, hujumkor futbolchilar — «PSJ»dan Bredli Barkolya va «Bavariya»dan Maykl Olise joy olgan.
Avvalroq «Liverpul» vakillari Alonso bilan dastlabki ijobiy aloqalarni o‘rnatgani va mutaxassisning jamoani qabul qilishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist