locale OZ

Alonso Jeksonning «Chelsi»dagi kelajagi haqida gapirdi

24 yoshli hujumchining 'Chelsi' bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso Jeksonning «Chelsi»dagi kelajagi haqida gapirdi
ФОТО: Getty images

'Chelsi'ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Nikolas Jeksonning jamoada qolishi borasida o‘z fikrini bildirdi.

"Nikolas Jekson Osiyo turnesida ishtirok etadi. Biz uning biz bilan ishlashda davom etishini xohlaymiz", — dedi ispan mutaxassisi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Nikolas Jekson o‘tgan yil sentabridan buyon ijarada 'Bavariya' safida to‘p surgan edi. U o‘tgan klub mavsumida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

24 yoshli senegallik hujumchining 'Chelsi' bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 'Chelsi' 2025/2026 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumini 10-o‘rinda yakunlagan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting