locale OZ

Alonso: «Ilk mavsumdayoq «Bernabeu»da maydonga tushib, xet-trik qayd etish — kamdan-kam uchraydigan holat»

«Real» bosh murabbiyi Gonsalo Garsiyaning xet-trikiga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso: «Ilk mavsumdayoq «Bernabeu»da maydonga tushib, xet-trik qayd etish — kamdan-kam uchraydigan holat»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa hujumchisi Gonsalo Garsiya haqida fikr bildirdi. Futbolchi La Liganing 18-turi doirasida «Betis»ga qarshi o‘yinda (5:1) xet-trik qayd etgan edi.

«Bu Gonsalo uchun orzudagi o‘yin bo‘ldi. Asosiy jamoasidagi ilk mavsumidayoq «Bernabeu»da maydonga tushib, xet-trik qilish — kamdan-kam uchraydigan holat. Men u uchun juda xursandman, u o‘ynaydimi yoki yo‘qmi, har kuni qilayotgan mehnatidan qat’i nazar. U akademiyamiz tarbiyalanuvchilari uchun a’lo namuna. Uni bunday o‘yin bilan tabriklayman va shu ruhda davom etishga chaqiraman.

Zamonaviy futbol to‘psiz o‘yinda jamoaviy harakatni talab qiladi. Hujumchilarning pressingni qanday boshlashi juda muhim — bu yuqori pressing bo‘ladimi yoki boshqa o‘zaro harakatlar. Gonsalo buni juda yaxshi tushunadi. U tezkor futbolchi, agar bunga uning gollarga moyilligi va himoyaviy ishini qo‘shsak, u har doim jamoa natijalarini yaxshilashga hissa qo‘shadi», — deya Alonso so‘zlarini keltiradi beIN Sports.

Joriy mavsumda Gonsalo Garsiya «Real» safida 18 ta uchrashuvda (418 daqiqa) maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting