locale OZ

Alonso: «Hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bu faqat boshlanishi xolos»

"Real" bosh murabbiyi "Levante"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso: «Hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bu faqat boshlanishi xolos»
ФОТО: Getty images

“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso “Levante”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu o‘yinni yakunladik. Endi derbi haqida ko‘proq o‘ylaymiz. Hozir rivojlanish va qayta qurish bosqichidamiz. Chempionlar ligasi, La Liga, kubokda raqobatbardosh bo‘lish uchun biz mustahkam asos yaratishni davom ettiryapmiz.

Eng muhimi, hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz — ham natijalar bo‘yicha, ham ish uslubimiz bo‘yicha. Bu faqat boshlanishi, xolos.

Bugun ba’zi futbolchilarimizga dam berish kerak edi — eng avvalo, Militao va Karvaxalga. Maydonga tushganlar esa juda ajoyib o‘yin namoyish etdi. Lekin bundan ortiqcha xursand bo‘lish kerak emas, endi derbi haqida o‘ylaymiz”, — dedi Alonso.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting