locale OZ

Alonso: «Erta urilgan gol ishonch hosil qilishga yordam berdi»

"Chelsi" derbida g'alaba qozondi.
Alonso: "Erta urilgan gol ishonch hosil qilishga yordam berdi"
ФОТО: Getty images

"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso APL 1-tur doirasidagi "Fulhem"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu haqiqatan ham keskin va og‘ir o‘yin bo‘ldi. Biz mehmonda g‘alaba qozonish qanchalik qimmatga tushishini yaxshi bilamiz. Ammo vaziyatni yaxshi uddaladik — sabr qildik, kurashdik, alohida vaziyatlarda talab etilgan hamma narsani bajardik va shu sababli hozir kayfiyatimiz juda a’lo.

Erta urilgan gol ishonch hosil qilishimizga yordam berdi. Raqib hisobni tenglashtirguncha bizda ikkinchi golni urish uchun imkoniyatlar bo‘lgan edi, biroq biz ancha barqaror harakat qildik va hattoki to‘psiz qolgan paytlarimizda ham o‘zimizga bo‘lgan ishonchni his qildik. Biz xavf tug‘dira oldik: uch nafar hujumchimiz yaxshi hamkorlik qilib, vaziyatlar yaratdi. Bu biz uchun yaxshi start", — deya Alonsoning so‘zlarini Sky Sports nashri keltirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting