locale OZ

Alonso «Chelsi»ning barcha transfer jarayonlarini vaqtincha to‘xtatdi

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso «Chelsi»ning barcha transfer jarayonlarini vaqtincha to‘xtatdi
ФОТО: Getty images

“Chelsi” yangi bosh murabbiy Xabi Alonso tayinlanganidan so‘ng barcha transfer jarayonlarini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, londonliklar avval tarkib masalasini ispaniyalik mutaxassis bilan birga muhokama qilib olishni rejalashtirmoqda. Shundan so‘nggina klub transfer bozoridagi harakatlarini davom ettiradi.

Bu holat “Barcelona”ning Joao Pedroni sotib olish borasidagi urinishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Ta’kidlanishicha, braziliyalik hujumchi Alonso rejalari doirasiga kirishi mumkin va shu sababli uning transferi noaniq holatda qolmoqda.

Kataloniya klubida futbolchining umuman sotilmasligi ehtimoli ham inobatga olinmoqda. Agar transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «Barselona»ga taxminan 100 million yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 17 may kuni Alonso tayinlanganini rasmiy ravishda e’lon qildi. Bayonotda u jamoada menedjer sifatida ishlashi, ya’ni murabbiyga nisbatan kengroq vakolatlarga ega bo‘lishi qayd etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting