Alonso: «Bunday buyuk jamoaga murabbiy bo'lganimdan juda faxrlanaman»
Xabi Alonso "Chelsi" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan.
"Chelsi" — jahon futbolidagi eng yirik klublardan biri. Bunday buyuk jamoaga murabbiy bo'lganimdan juda faxrlanaman.
Klub egalari va sport rahbariyati bilan muloqot davomida umumiy maqsadlarimiz borligi ayon bo‘ldi. Biz doimiy ravishda yuqori darajada o‘ynaydigan va trofeylar uchun kurasha oladigan jamoa qurmoqchimiz.
Tarkibda iqtidorli futbolchilar ko‘p, klubning imkoniyatlari esa juda katta. Uni boshqarish men uchun katta sharaf. Hozir eng muhimi — qattiq mehnat qilish, to‘g‘ri muhit yaratish va trofeylar qo‘lga kiritish", — dedi Alonso klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.