Alonso: «Biz kuchli jamoa tuzamiz»
Londonning “Chelsea” yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa futbolchilariga Yevropaning top-klublari qiziqishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
— Boshqa yirik klublar sizlarning o‘yinchilaringizga qiziqmoqda: “Barselona” — Joao Pedro, shuningdek ko‘plab klublar Enzo Fernandes va Mark Kukurelyani kuzatmoqda.
— Biz kuchli jamoa tuzamiz, — dedi Alonso Fabrizio Romanoga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsea” 17-may kuni Alonso tayinlanganini rasman e’lon qilgan edi. Ispaniyalik mutaxassis bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.
Qayd etilishicha, Alonso o‘z vazifalarini 1-iyuldan boshlab bajaradi. Klub bayonotida 44 yoshli murabbiy bosh murabbiy sifatida ish olib borishi ta’kidlangan bo‘lib, bu lavozim oddiy murabbiyga nisbatan kengroq vakolatlarni o‘z ichiga oladi.