Almada «River Playt»ga o'tdi
2022 yilgi jahon chempioni, Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almada Madridning "Atletiko" klubidan "River Playt"ga ko'chib o'tdi. Bu haqda Argentina klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar o'rtasidagi shartnoma uch yarim yilga mo'ljallangan.
Avvalroq OAVda tarqalgan xabarlarga ko'ra, "River Playt" Almada transferi uchun 20 million yevro to'laydi. Agar bu summa tasdiqlansa, transfer Argentina chempionati tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.
Shu bilan birga, "Atletiko" futbolchini 40 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan. Madrid klubi ushbu huquqdan 2027 yil dekabriga qadar foydalanishi mumkin.
Almada "Atletiko" safida 2025 yil yozidan buyon to'p tepib kelayotgan edi. U o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining taxminiy qiymatini 20 million yevro deb baholagan.