locale OZ

Allegri: «Xatolarga yo‘l qo‘ydik, lekin hozir bu haqida gapirishning ma’nosi yo‘q»

"Milan" YCHLsiz qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Allegri: «Xatolarga yo‘l qo‘ydik, lekin hozir bu haqida gapirishning ma’nosi yo‘q»
ФОТО: Getty images

“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Kalyari”ga qarshi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng va jamoaning Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmagani fonida o‘z kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman, ammo hozir faqat natijalar yo‘qligi haqida o‘ylayapman. Albatta, butun mavsumni tahlil qilish kerak, biz xatolarga yo‘l qo‘ydik, lekin hozir bu haqida gapirishning ma’nosi yo‘q», — dedi Allegri Football Italia DAZN Italia’ga bergan intervyusida.

“Milan” 4-turdan 37-turgacha A Seriyada uzluksiz ravishda kuchli to‘rtlikda borayotgan edi, biroq mavsumning so‘nggi o‘yinidagi mag‘lubiyat jamoaga Yevropaning eng nufuzli klublar musobaqasiga chiqish imkonini bermadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting