locale OZ

Allegri va «Napoli» shartnomani kelishib olishdi — Janluka Di Marzio

Massimiliano Neapolda ish boshlashga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Allegri va «Napoli» shartnomani kelishib olishdi — Janluka Di Marzio
ФОТО: Getty images

“Napoli” Massimiliano Allegri bilan klubda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishdi, bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar bermoqda.

Avvalroq, 58 yoshli murabbiyning Neapol jamoasiga tayinlanishi mutaxassisning “Milan” bilan moliyaviy kelishmovchiliklari sababli amalga oshmasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ta’kidlanishicha, 2027 yilgacha amal qiladigan “rossonerilar” bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun Allegri o‘ziga 2 mln yevro va shtab a’zolari uchun 3 mln yevro talab qilmoqda. Milan klubi egasi Jerri Kardinale so‘ralgan summani to‘lashdan bosh tortmoqda.

Jurnalist Janluka Di Marzioning xabar berishicha, murabbiyning “Napoli”ga tayinlanishi haqidagi rasmiy e’lon faqat “Milan” bilan muzokaralar jarayoni yakunlangandan so‘ng kutilmoqda.

Biroq Allegri bilan kelishuv imzolanishi shubha tug‘dirmayapti – shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi. Shunday qilib, bu avval xabar qilinganidek ikki yillik emas, balki uch yillik shartnoma bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting