locale OZ

Allegri: «Pulishich — juda taʼsirchan inson, bu «quruq» seriya unga ogʻir botmoqda»

«Milan» bosh murabbiyi Kristianning golsiz seriyasi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Allegri: «Pulishich — juda taʼsirchan inson, bu «quruq» seriya unga ogʻir botmoqda»
FOTO: Getty Images

«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan «Yuventus»ga qarshi o‘yindan (0:0) so‘ng hujumchi Kristian Pulishichning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Pulishich ketma-ket 16 ta o‘yindan buyon gol ura olmayapti.

«Kristian — juda ta’sirchan inson, bu «quruq» seriya unga ruhan og‘ir botmoqda. Shuningdek, u jismoniy kurashlarda va markaziy hujumchi yo‘qligi sababli qiyinchilikka duch kelyapti, biroq men jamoa muvozanatini saqlashim kerak, chunki oldimizda erishishimiz lozim bo‘lgan maqsad bor.

Tushunaman, u bu rolga unchalik mos kelmaydi. Men undan o‘ng qanotda, Leaudan esa chapda o‘ynashni so‘radim, shu sababli bizda markaziy hujumchi yo‘q edi. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, mavsum yakuniga qadar Pulishich o‘z hissasini qo‘shadi», — dedi Allegri.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting