Allegri: «O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik»
"Milan" ustozi "Latsio"ga qarshi bahs haqida gapirdi.
ФОТО: Getty images
“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya Kubogining 1/8 finalida “Latsio”ga (0:1) mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi.
“Birinchi taymda bir necha marta paslarda xatoga yo'l qo'ydik va raqibga imkoniyatlar taqdim etdik. Kim birinchi gol ursa, o'sha g'alaba qozonardi. Biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik, golni esa burchakdan o'tkazib yubordik — bu holatda himoyada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi.
Bunday holat ushbu mavsumda “Kremonese” va “Pisa”ga qarshi o'yinlarda ham takrorlangan, bahsda biz ustunlik qilamiz, lekin undan foyda olmaymiz. Bu xavfli bo'lib qolmoqda. Yaxshilab tayyorlanishimiz kerak”, — dedi Allegri Football Italia nashriga.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist