Allegri – «Napoli» bosh murabbiyi (Romano)
Bitim to'liq kelishilgan.
ФОТО: Getty images
Massimiliano Allegri “Napoli” klubining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
58 yoshli mutaxassis neapolliklar taklif qilgan barcha shartlarni qabul qildi va yaqin orada shartnoma imzolaydi. Bitim to‘liq kelishilgan.
O‘tgan mavsumda Allegri “Milan”ni boshqargan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 70 ochko jamg‘arib, 5-o‘rinni egalladi. “Rossoneri” Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmagan.
“Napoli” esa Antonio Conte rahbarligida 76 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, “Milan” Allegri va ishdan bo‘shatilgan rahbariyatga 20 million yevrodan ortiq tovon puli to‘laydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist