locale OZ

Allegri «Napoli» bosh murabbiyi etib tayinlandi

58 yoshli italiyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Allegri «Napoli» bosh murabbiyi etib tayinlandi
ФОТО: Getty images

“Napoli” rasmiy sayti orqali Massimiliano Allegri jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi.

58 yoshli italiyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Allegri o‘tgan mavsumda “Milan”ni boshqargan edi. “Rossoneri” A Seriyani 70 ochko bilan 5-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, “Napoli” 76 ochko jamg‘arib, chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Massimiliano Allegri Italiyadagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri hisoblanadi. U murabbiylik faoliyati davomida olti marta A Seriya chempioni bo‘lgan — shundan beshtasi “Juventus”, bittasi esa “Milan” bilan qo‘lga kiritilgan.

Bundan tashqari, Allegri besh marta Italiya Kubogi sohibi bo‘lgan va ikki bor Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting