locale OZ

Allegri «Milan» rahbariyatidan yangi himoyachi sotib olishni so‘ramoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Allegri «Milan» rahbariyatidan yangi himoyachi sotib olishni so‘ramoqda
Фото: Getty Images

“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya A Seriyasining 1-turida “Kremoneze”ga qarshi o‘yinda (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng klub rahbariyatiga iltimos bilan murojaat qildi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Allegri rahbariyatdan yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni so‘ragan.

Yozgi transfer oynasida “rossoneri”lar Konni de Vinterni 20 million yevro evaziga “Jenoa”dan sotib oldi. Allegri esa himoyadagi muammolar sababli yana tajribali futbolchini olib kelmoqchi.

“Milan” A Seriyaning 2-tur uchrashuvini 29 avgust kuni safarda “Lechche”ga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting