Allegri «Milan» bosh murabbiyi sifatida 200-o‘yinini oʻtkazdi
«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa boshqaruvidagi 200-uchrashuvini o‘tkazdi. Yubiley o‘yinda «rossonerilar» «Jenoa»ni mag‘lub eta olmadi. Jamoalar Italiya A Seriyasining 19-turi doirasida kecha, 8 yanvar kuni o‘zaro to‘qnash kelishdi, uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. O‘yindan so‘ng «Milan» matbuot xizmati Allegrini muhim sana bilan tabrikladi.
«Maks Allegri — 200 ta o‘yin! «Rossonerilar» murabbiylar shtabi uchun navbatdagi muhim bosqich», — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Allegri murabbiylik faoliyati davomida «Milan»da avval ham 2010–2014 yillarda ishlagan. Tajribali mutaxassis faoliyati davomida «Yuventus», «Kalyari», «Sassuolo» va boshqa bir qator klublarda ham mehnat qilgan. Allegrining yutuqlari orasida A Seriyasidagi olti chempionlik, Italiya Superkubogidagi uchta va mamlakat Kubogidagi beshta g‘alaba bor.