Allegri: «Himoyada juda yomon o‘ynadik»
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriyaning 38-turida "Kalyari"ga (1:2) mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Afsuski, hozir natijani o‘zgartirishning imkoni yo‘q. O‘z maydonimizda beshta o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizdan so‘ng, aynan shunday holatga tushib qolamiz. O‘yinni yaxshi boshladik, hisobda oldinga chiqqanimizdan so‘ng natija o‘z-o‘zidan ta’minlanadi deb o‘yladik, ammo bunday bo‘lmadi. Himoyada juda yomon o‘ynadik, ayniqsa birinchi golda.
Shogirdlarimni ayblashga asos yo‘q — ular Chempionlar ligasiga chiqish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi. "Kalyari"ning har ikki golida ham biz juda passiv harakat qildik, bunday holat ilgari kuzatilmagan edi. "Jenoa"ga qarshi o‘yinda yaxshiroq o‘ynagandik, ammo bugun kechqurun xavotir ko‘proq edi va o‘yin rivojini o‘zgartira olmadik", — deya Allegri so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri DAZN Italia manbasiga tayanib.