locale OZ

Alkaras Sinner va Dembeleni ortda qoldirib, yilning eng yaxshi sportchisi unvoniga sazovor boʻldi

Unga ushbu sovrinni Kasilyas va Figu topshirishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alkaras Sinner va Dembeleni ortda qoldirib, yilning eng yaxshi sportchisi unvoniga sazovor boʻldi
FOTO: Getty Images

«Katta dubulg‘a» turnirlarining etti karra g‘olibi, jahonning ikkinchi raqamli raketkasi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras nufuzli Laureus World Sports Awards – 2026 xalqaro mukofoti talqiniga ko‘ra «Yil sportchisi» deb topildi. Mazkur taqdirlash marosimi ketma-ket uchinchi bor Madridda (Ispaniya) bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu unvon uchun Alkaras bilan birga quyidagi sportchilar ham nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi:

  • Yannik Sinner (tennis, Italiya);
  • Usman Dembele (futbol, Fransiya);
  • Arman Dyuplantis (yengil atletika, Shvetsiya);
  • Mark Markes (motosport, Ispaniya);
  • Tadey Pogachar (velosport, Sloveniya).

Ta’kidlash joizki, Laureus Awards mukofoti haykalchasi Cartier lyuks brendi tomonidan loyihalashtirilgan va tayyorlangan. Alkarasga ushbu sovrinni futbol afsonalari Iker Kasilyas hamda Luish Figu topshirishdi.

Reglamentga ko‘ra, Laureus nominatsiyalari bo‘yicha nomzodlar ro‘yxati (short-list) 70 dan ortiq mamlakatdan 1000 dan ziyod sport OAV vakillarining ovoz berishi orqali shakllantiriladi. Shundan so‘ng, Laureus Butunjahon sport akademiyasi mazkur ro‘yxat ichidan g‘oliblarni tanlab oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting