locale OZ

“Al-Ittihod” Ederson uchun asosiy da'vogar bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Al-Ittihod” Ederson uchun asosiy da'vogar bo'ldi
Photo: Getty Images

“Manchester City” darvozaboni Ederson yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “shaharliklar” rahbariyati jamoa tarkibini yangilash siyosatini boshlab yuborgan. Ederson ham “Al-Ittihod”ga transfer qilinishi mumkin. Jidda klubi braziliyalik 31 yoshli darvozabon uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Edersonning manchesterliklar bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Shunga qaramay, Ederson klubni tark etishni ma'qul ko'rmoqda.

Joriy mavsum u Angliya Premer-ligasida 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z darvozasidan 25 ta to'p olib chiqdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting