locale OZ

Alisson «Yuventus»ga o'tishi mumkin

Alissonning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisson «Yuventus»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

Angliyaning "Liverpul" klubi darvozaboni Alisson Beker yozgi transfer oynasida "Yuventus"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, turinliklar braziliyalik posbon transferi ustida ish olib bormoqda va bosh murabbiy Luciano Spalletti uni jamoaga jalb etishni faol ravishda qo'llab-quvvatlamoqda. Jurnalist Nicolo Schira xabariga ko'ra, "Yuventus" futbolchiga 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma hamda yiliga 5 million yevro maosh taklif qilishni rejalashtirmoqda.

33 yoshli darvozabon ushbu transferga qiziqish bildirgan. "Yuventus" allaqachon "Liverpul"ga ilk rasmiy taklifini tayyorlamoqda.

Alissonning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting