locale OZ

Alisson safga qaytdi

U sentyabrning so‘nggi oqshomida Istanbulda "Galatasaray"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisson safga qaytdi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” darvozaboni Alisson safga qaytdi. Bu haqda mersisaydliklar klubi bosh murabbiyi Arne Slot juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Alisson o‘tgan hafta va bu hafta mashg‘ulot o‘tkazdi, shuning uchun bugun hammasi yaxshi bo‘lsa, u ertaga o‘ynay oladi".

Ma’lumki, Alisson sentyabrning so‘nggi oqshomida Istanbulda "Liverpul" "Galatasaray"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganida jarohat olgan edi.

Braziliyalik darvozabon jamoaning turli musobaqalar doirasidagi sakkizta uchrashuvini o‘tkazib yuborgan. 22 noyabr, shanba kuni “Liverpul” Premyer-liganing 12-turida “Nottingem Forest”ni qabul qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting