Alisson «Liverpul» safidagi 100-«quruq» o‘yinini oʻtkazdi
Angliya Premer-ligasining 19-turi doirasida «Lids Yunayted»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv (0:0) «Liverpul» darvozaboni Alisson Bekker uchun muhim yubiley bilan yodda qoldi.
Mazkur bahs braziliyalik golkiper uchun klub safida Angliya chempionatidagi 100-«quruq» o‘yin bo‘ldi. Bu haqda «Liverpul» matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 33 yoshli Alisson Bekker 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 5 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 marta «quruq» o‘yin qayd etgan.
Hozirda «Lids Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 19 ta uchrashuvdan so‘ng 21 ochko jamg‘argan. «Liverpul» esa 33 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada joylashgan. Turnir jadvalida peshqadamlikni 45 ochkoga ega «Arsenal» saqlab qolmoqda.