locale OZ

Alisson «Liverpool»ni tark etishni rejalashtirmayapti

Bekker 2017 yildan buyon Angliya grandi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisson «Liverpool»ni tark etishni rejalashtirmayapti
ФОТО: Getty images

«Liverpool» darvozaboni Alisson Bekker yaqin kelajakda klubni tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Braziliyalik futbolchi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa-da, bunday ssenariyning ehtimoli past deb baholanmoqda.

Darvozabon atrofidagilar uning kamida 2027 yil yozigacha «Liverpool»da qolish niyati borligini ma’lum qilishgan.

Ma’lumot o‘rnida, Alisson 2017 yildan buyon Angliya grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 33 yoshli darvozabon barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 35 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting