locale OZ

Alisson \"Galatasaray\"ning taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisson "Galatasaray"ning taklifini rad etdi
Photo: Getty Images

"Galatasaray" yangi darvozabon izlashni faol davom ettirmoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, klub bir necha hafta avval "Liverpool" posboni Alisson Beckerga rasmiy taklif yo'llagan. Biroq, 32 yoshli braziliyalik so'nggi chiziq vakili bu taklifni rad etgan.

Alisson 2018 yildan beri mersisaydliklar safida to'p surib kelmoqda va u bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi.

O‘tgan mavsum u barcha turnirlarda 35 o‘yinda ishtirok etib, 33 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting