locale OZ

Alisson «Chelsea»ga qarshi o'ynamaydi

Braziliyalik darvozabon "Galatasaray"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisson «Chelsea»ga qarshi o'ynamaydi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoa darvozaboni Alissonning jarohat olgani haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik posbon Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida “Galatasaray”ga qarshi o'yinning 55-daqiqasida majburiy ravishda maydonni tark etgandi.

“Agar futbolchi shunday holatda maydonni tark etsa, bu har doim yomon. Ishonch bilan aytaman, u shanba kuni o'ynamaydi”, — dedi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, “Chelsea” – “Liverpul” uchrashuvi 4-oktyabr sanasiga belgilangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting